Sotuvdan qo'lingizda qancha qoladi?
MarketPilot Uzum Market va Yandex Market do'konlaringizni ulab, har bir sotuvdan komissiya, logistika, tannarx, soliq va reklamani ayiradi. Qaysi tovar pul topayotgani, qaysi biri zarar keltirayotgani har kuni ko'rinib turadi.
Karta kerak emas. Sinovdan keyin — oyiga 200 000 so'm.
- Sotuv narxi249 000
- Marketplace komissiyasi−29 880
- Logistika−8 900
- Tannarx−142 000
- Soliq, 4%−9 960
- Reklama ulushi−7 470
Komissiya va logistika marketplace hisobotidan olinadi, tannarxni o'zingiz kiritasiz.
Hamma do'konlar bitta ekranda
Bugungi sof tushum, foyda va marja, qaysi marketplace qancha olib keldi — kompyuterda ham, telefonda ham. Ma'lumotlar har soatda o'zi yangilanadi, buyurtmalar har 5 daqiqada.
Uch ishni o'z zimmasiga oladi
Hisob-kitobni dastur qiladi, siz qaror qabul qilasiz. Raqamlar marketplace hisobotlaridan olinadi, AI esa ularni tushuntirib beradi.
Pulni hisoblaydi
- Har bir sotuvning sof foydasiKomissiya, logistika, tannarx, soliq va xarajatlar ayirilgandan keyin.
- Foyda va zarar hisobotiOyma-oy va o'tgan davr bilan solishtirib; PDF qilib yuklab olish mumkin.
- ABC tahlilQaysi tovarlar foydaning asosini beradi, qaysilari zarar keltiradi.
- Reklama foydasiReklamaga sarflangan pul sotuvdan qaytyaptimi yoki yo'q.
- Pul oqimiMarketplace qachon va qancha pul o'tkazishi.
Ishni tezlashtiradi
- Buyurtmalar bitta ro'yxatdaUzum va Yandex buyurtmalari, qaytarishlar va ta'minot.
- Kartochka generatoriTovar rasmidan nom, tavsif va xususiyatlar — marketplace talablari tekshiriladi.
- Narx va qoldiqni boshqarishBir joydan o'zgartirasiz; har bir o'zgarish sizning tasdig'ingiz bilan.
- Sharhlarga javobHar bir sharhga javob loyihasi tayyor bo'ladi, siz tekshirib yuborasiz.
- Hisobot Telegram'gaHaftalik va oylik PDF hisobot o'zi keladi.
Maslahat beradi
- AI yordamchi«Nega bu hafta foyda tushdi?» — raqamlar bilan javob beradi.
- Kunlik rejaBugun nimaga e'tibor berish kerakligi: qoldiq, narx, sharhlar.
- VoronkaKo'rishdan savatga va xaridgacha — qaysi tovar qayerda «yo'qotyapti».
- OgohlantirishlarYangi buyurtma va jo'natish muddati — Telegram'ga; qoldiq tugashi va zararli tovarlar — dashboardda.
10 daqiqada boshlaysiz
Ro'yxatdan o'ting
Ism, telefon raqami va email bilan. Raqamni Telegram orqali bir tugma bilan tasdiqlaysiz.
Do'konlarni ulang
Uzum va Yandex sotuvchi kabinetlaridan API kalitini olib, «Do'konlar» sahifasiga qo'yasiz — nechta do'kon bo'lsa, hammasi bitta hisobda. So'nggi 90 kunlik savdo o'zi yuklanadi.
Tannarxni kiriting
Tovarlar tannarxini kiritgach, sof foyda har bir sotuv bo'yicha hisoblanadi.
Ma'lumotlaringiz himoyalangan
Bitta tarif, hamma imkoniyatlar
Sinov davrida hech narsa to'lamaysiz va karta so'ralmaydi.
Ro'yxatdan o'tish- Uzum Market va Yandex Market — 5 tagacha do'kon
- Sof foyda, foyda va zarar hisoboti, ABC tahlil
- Buyurtmalar, qaytarishlar, sharhlar, ta'minot
- Kartochka generatori va AI yordamchi
- Telegram'ga avtomatik hisobotlar
- Kompyuter va telefonda ishlaydi
- Bir nechta xodim kira oladi
Savollar
Qaysi marketplace'lar bilan ishlaydi?
Hozir Uzum Market va Yandex Market. Wildberries ulanishi tayyorlanmoqda.
API kalitni qayerdan olaman?
Marketplace sotuvchi kabinetining sozlamalaridagi API bo'limidan. Ro'yxatdan o'tgach, «Do'konlar» sahifasida har bir marketplace uchun qisqa ko'rsatma bor.
Telefonda ishlaydimi?
Ha. Telefon brauzerida ochiladi va bosh ekranga ilova sifatida qo'shiladi. Kompyuteringiz o'chiq bo'lsa ham ishlaydi — hammasi serverda.
Sinov tugagach nima bo'ladi?
Obunani uzaytirmasangiz, hisob «faqat ko'rish» rejimiga o'tadi: ma'lumotlaringiz o'chmaydi, to'lovdan keyin hammasi avvalgidek ishlaydi.
Dastur o'zi narxni o'zgartirib yubormaydimi?
Yo'q. Marketplace'dagi har qanday o'zgarish — narx, qoldiq, sharhga javob — faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin yuboriladi.
Nechta xodim foydalana oladi?
Bitta hisobga bir nechta xodim qo'shish mumkin — har biri o'z login va paroli bilan kiradi. Hozircha xodim qo'shish uchun bizga yozing.